O'zbekiston

Qish mavsumi uchun qancha oziq-ovqat mahsulotlari zaxira qilingan?

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan “Hukumat soati”da Qishloq xo‘jaligi vaziri maʼlumot berdi.

Qish mavsumi uchun qancha oziq-ovqat mahsulotlari zaxira qilingan?

 

Qish mavsumi uchun 600 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari zahira qilingan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan “Hukumat soati”da Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov maʼlum qildi.

 

Aziz Voitovning so‘zlariga ko‘ra, qishda borish qiyin bo‘lgan 250dan ortiq aholi maskanlarida muhim ahamiyatli oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda zaxira qilingan.

 

Qayd etilishicha, bu yil jami 23,5 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.

 

Yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari:

Sabzavot — 11,6 million tonna;

Poliz mahsulotlari — 2,5 million tonna;

Kartoshka — 3,5 million tonna;

Meva — 3,0 million tonna;

Uzum — 1,9 million tonna;

Dukkakli mahsulotlar — 535,2 ming tonna;

Sholi — 515,5 ming tonna;

G‘alla — 7,2 million tonna.

 

Tog‘li hududlar va cho‘l zonalariga bugungi kungacha un 12,4 ming tonna, o‘simlik yog‘i 1 622 tonna, shakar 1 828 tonna, guruch 1 692 tonna, kartoshka 7,9 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

Andijonda onlayn qimor bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi.

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Uch hududda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul olgan shaxslar ushlandi.

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliyaning Shimoliy hududi vakillari bilan o‘zbekistonlik malakali ishchilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.