Migratsiya: kelib chiqish sabablari, qochqinlar va migrantlar farqi, muhojirlar uchun eng maqbul davlatlar

2022-yilda dunyoda 281 mln migrant bo‘lib, bu sayyora aholisining 3,6 foizini tashkil etadi. So‘nggi yillarda xalqaro migratsiya masshtabi keskin oshib bormoqda: 2020-yilda sayyorada 1970-yilga nisbatan 3 barobar ko‘p muhojirlar bo‘lgan.

Migratsiya: kelib chiqish sabablari, qochqinlar va migrantlar farqi, muhojirlar uchun eng maqbul davlatlar

 

Odamlar qadimdan turli hududlarga ko‘chib yurgan. Turli omillar — urush, tabiiy ofatlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklar insonlarni o‘z yashash joyini o‘zgartirishga majbur qilgan.

 

Bugun — xalqaro migrantlar kuni. Aynan shu kuni 1990 yilda BMT Bosh assambleyasi barcha mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida xalqaro Konvensiyani qabul qiladi.

 

Migrant kim?

 

Xalqaro migratsiya tashkiloti taʼrifiga ko‘ra, o‘zining huquqiy maqomi, ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ko‘chishi, ko‘chish sabablari yoki biror davlatda qolish muddatidan qatʼiy nazar o‘z yashash joyini tark etgan hamda xalqaro yoki ichki chegaralarni kesib o‘tgan har qanday shaxs migrant hisoblanadi.

 

Migrant va qochqinning farqi nimada?

 

Migrantlar qochqinlardan farqli o‘laroq boshqa davlatlarga taʼqiblar yoki o‘z hayotiga xavf tug‘ilishi ortidan ketmaydi. Ularning asosiy maqsadi — turmush tarzini yaxshilash, yaxshi ish topish yoki taʼlim olish. Migrantlarning katta qismi qonuniy migratsiya yo‘llarini tanlaydi, ammo ular orasida u yoki bu davlatga noqonuniy kanallar orqali borganlar ham bor.

 

Migratsiyaga nima sabab bo‘lmoqda?

 

BMT maʼlumotlariga ko‘ra,  2022 yilda dunyoda 281 mln migrant bo‘lib, bu sayyora aholisining 3,6 foizini tashkil etadi. So‘nggi yillarda xalqaro migratsiya masshtabi keskin oshib bormoqda: 2020 yilda sayyorada 1970 yilga nisbatan 3 barobar ko‘p muhojirlar bo‘lgan.

 

Migratsiyaga sabab bo‘layotgan eng katta faktor sifatida iqtisodiy vaziyatni ko‘rsatish mumkin. Aksariyat odamlar yana-da yaxshi hayot ilinjida o‘z vatanini tark etishga majbur. Shubhasiz, ular borayotgan davlati va o‘z mamlakati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqda.

 

Masalan, pandemiya va u bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, mehnat migrantlari 2020 yilda 702 mlrd AQSH dollari miqdorida pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan. Eng ko‘p o‘tkazmalar Hindiston, Xitoy, Meksika, Filippin va Misr hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Migrantlar uchun eng jozibador davlatlar qaysi?

 

Oxirgi o‘n yillikda AQSH va Germaniya migrantlar orasida eng mashhur yo‘nalishga aylandi. AQSHda 1970 yilda 12 mln xalqaro muhojirlar bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning miqdori 51 mlndan oshgan.

 

Germaniyada so‘nggi 10 yilda migrantlar 8,9 mlndan 16 mlnga ko‘paydi. Shuningdek, Fransiya, BAA va Saudiya Arabistoni ham muhojirlar uchun jozibador davlatlar sanaladi. Birgina BAA aholisining 88 foizini mehnat migrantlari tashkil etadi.

 

Umuman olganda, 60 foizga yaqin aholi yaxshiroq yashash maqsadida Yevropa va Osiyoga yo‘l oladi. Yevropada 87 mln mehnat muhojirlari bor, Osiyoda esa 86 mln. Undan keyingi o‘rinda Shimoliy Amerika turadi, bu yerda 59 mln mehnat migrantlari bor.

 

Asosan, qaysi davlatlardan migrantlar ko‘p?

 

Muhojirlarning kelib chiqish davlatlariga eʼtibor berilsa, ularning 40 foizi Osiyoning olti davlatidan: Hindiston, Xitoy, Bangladesh, Pokiston, Filippin va Afg‘oniston.  Meksikalik muhojirlar hindistonliklardan keyin ikkinchi o‘rinda tursa, rossiyaliklar xalqaro migrantlar orasida 3 o‘rinni egallaydi.

 

custom img

Pokistonning sobiq vaziri pedofiliyada gumonlanmoqda — The Guardian

Ruxsar Ahmad Buyuk Britaniyada 1990-yillardagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda.

custom img

Toshkentda keksa ayolga tegajog‘lik qilgan yigit qamaldi

Huquqbuzar sud majlisida aybini tan olib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan va suddan yengillik berishni so‘ragan.

custom img

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olmoqda —yangi holatlarning asosiy qismi noma’lum manbalardan

Kasallanganlar soni 3 874 nafarga, qurbonlar soni esa 1 751 nafarga yetdi.

custom img

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi rahbari 5 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkentda esa o‘qishga kiritib qo'yish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs qo'lga tushdi.

custom img

Arab va musulmon davlatlari Quddusdagi muqaddas qadamjolarni himoya qilish rejasini ishga tushirdi

Tashabbus Isroil tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklarni hujjatlashtirish, muqaddas maskanlar atrofidagi vaziyatni muhokama qilishni nazarda tutadi.

custom img

Rossiya bayrog‘i tushirilgan poyandoz ishi: o‘zbekistonlik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

Qozondagi Bosh konsulxona ma’lum qilishicha, bunga Rossiya vakolatli idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida erishilgan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentdagi Islom Karimov yodgorlik majmuasi atrofi aholi uchun ochilmoqda

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar hududni kompleks rivojlantirish ishlari boshlandi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi istirohat bog‘larini ko‘zdan kechirgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"