Zelenskiy bugun AQSHga boradi
Bu 24-fevraldan buyon amalga oshiriladigan ilk xorijiy tashrif.

21-dekabr kuni Vladimir Zelenskiy fevraldan buyon ilk xorijiy safarni amalga oshiradi. Ukraina prezidenti AQSHga tashrif buyuradi.
Shu bilan birga safar tafsilotlari keltirilmagan. Axios maʼlumotlariga ko‘ra, Amerika parlamenti Zelenskiyni qabul qilishga tayyorlanmoqda. Buning uchun Vashingtonda politsiya nazorati kuchaytirilgan. Ukraina prezidenti Kongressning qo‘shma majlisida chiqish qilishi mumkin.
Bundan tashqari, bugun Bayden Oq uyda ukrainalik hamkasbini qabul qiladi.







