0

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan erengetik hamkorlikni kengaytirmoqchi

Ayni damda Mirziyoyev va Toqayev muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan erengetik hamkorlikni kengaytirmoqchi

 

Davlatimiz rahbari ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining barcha yo‘nalishlarida salmoqli natijalarga erishilayotganini taʼkidladi.

 

“Xalqlarimiz tarixi va taqdiri chambarchas bog‘liq, biz etu tirnoq bo‘lib ketganmiz, dolzarb masalalarni birgalikda hal qilayapmiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezidentimiz shu kunlarda butun O‘zbekiston bo‘ylab qozoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Abay Qo‘nonboyevning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Bunday tadbirlar xalqlarimiz bir-birining shonli tarixi va bugungi hayotiga katta qiziqish bilan qarayotganini tasdiqlab, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

“Bugun ikkita tarixiy hujjatni imzolaymiz. Qardosh xalqlarimizning tub manfaatlariga javob beradigan hamda O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari tarixida yangi bosqich boshlaydigan Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani alohida qayd etmoqchiman.

Ittifoqchilik – davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasi, o‘zaro ishonch belgisi. Shu bilan umumiy kelajagimizni birgalikda qurishga intilishimizni tasdiqlayapmiz.

Davlat chegaralarini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma aloqalarimiz mustahkamligidan dalolat beradi, mintaqada tinchlik va xavfsizlik maqsadlariga xizmat qiladi. Chegaralarimiz doimo do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik hududi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Qozog‘iston Prezidenti ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

“Mushtarak tarixga, xalqlarimizning qardoshlik rishtalariga tayanib, Qozog‘iston va O‘zbekiston mustahkam, uyg‘un munosabatlarni yo‘lga qo‘ydilar”, — dedi Qasim-Jomart Toqayev.

 

Qozog‘iston yetakchisi bugun imzolanadigan shartnomalar yangi ufqlar ochishi hamda ikki mamlakatning yana-da yaqinlashishga mushtarak intilishlarini to‘liq ifoda etishini taʼkidladi.

 

Shavkat Mirziyoyevga bunyodkorona siyosati va Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlab, ushbu islohot O‘zbekiston taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonch bildirdi.

 

Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zagi iqtisodiyot ekani, ikki mamlakatning ulkan salohiyatidan foydalanishga eʼtiborni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

 

Xususan, oxirgi besh yilda o‘zaro savdo hajmi ikki barobardan ziyodga ortdi, joriy yil yakunida esa besh milliard dollarga yaqinlashadi. Talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish orqali yaqin yillarda tovar ayirboshlashni karrasiga oshirish maqsadida Bosh vazirlar o‘rinbosarlari boshchiligida ishchi guruh tuzish va qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi.

 

Kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. Bugun energetika, avtomobilsozlik, kimyo, elektrotexnika, qurilish, logistika va boshqa sohalarda yirik loyihalarga start berilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

“Hozirda loyihasi ishlab chiqilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi yangi loyihalarni shakllantirish uchun muhim maydon bo‘lishiga ishonaman”, — dedi davlatimiz rahbari.

 

Hududlar o‘rtasidagi hamkorlikning ulkan salohiyatidan maksimal darajada foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Jumladan, kuni kecha o‘tgan biznes forum yangi investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarning salmoqli to‘plami imzolandi.

 

Yana bir muhim yo‘nalish – energetika. Davlat rahbarlari energetika quvvatlarini modernizatsiya qilish va qurish, geologiya qidiruvi va tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni ilgari surishga kelishib oldilar.

 

Tranzit salohiyatidan foydalanish va uni oshirish hamkorlikning muhim sohalaridan biri sifatida qayd etildi.

 

“Bugun biz yuk tashishlarning barqaror o‘sishiga erishdik, ikki tomonlama va tranzit tashishlar uchun qulay sharoitlar yaratishga kelishdik.

Yuk tashish hajmini bir necha barobar oshirish maqsadida transport infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni tezlashtirishga ahdlashib oldik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezidentlar parlamentlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yana-da mustahkamlash va kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

 

“Oliy darajadagi barcha kelishuvlar ijrosini monitoring qilish uchun Parlamentlararo kengash imkoniyatlaridan foydalanish zarur”, — dedi O‘zbekiston yetakchisi.

 

Prezidentimiz Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy hafkalini o‘rnatish haqida qaror qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirdi.

 

“Bu umumiy tariximiz va madaniyatimizga katta ehtiromning yorqin tasdig‘i, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari abadiyligi ramzidir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari umumiy madaniy-tarixiy merosimizni o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, shu maqsadda TV, radio va veb-saytdan iborat qo‘shma axborot resursini tashkil etish, buyuk yozuvchi va shoirlarimiz asarlarini nashr qilishni taklif etdi.

 

Muzokaralar yakunida ikki davlat hukumatlariga erishilgan barcha kelishuvlar ijrosini qatʼiy nazoratga olish va tegishli “yo‘l xaritasi”ni kelishish topshirildi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"