Ohangaronda uchta yuk mashinasi ag'darilib ketdi
Hodisaga quyuq tuman sabab bo'lgani aytilmoqda.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida uchta yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, voqea 22-dekabr kuni soat taxminan 12:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlining 161-kilometrida sodir boʻlgan.
Unga koʻra, “Uak” aholi yashash joyida svetoforning qizil ishorasida MAN va Isuzu transport vositasi toʻxtab turgan vaqtda ularning ortidan Howo yuk mashinasi kelib urilgan. Mazkur hodisa oqibatida yuk mashinalari agʻdarilib ketgan.
Qayd etilishicha, YTHga Howo rusumli mashinaning haydovchisi quyuq tuman tufayli oldinda turgan mashinalarni koʻrmay qolgani sabab boʻlgan. Hodisa oqibatida Isuzuʼning 44 yoshli haydovchisi jan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







