Tuman FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi
Amaldor fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgani aytilmoqda.

Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i viloyat boshqarmasidagi mansabdor shaxslar orqali mahalliy fuqaroni o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘limga ishga qabul qilinishida yordam berish evaziga undan 2000 dollar talab qiladi.
DXX va huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan otkazilgan tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan puldan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-(firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.







