Salomatlik

Paqildoqlar bolalarni ko‘rish qobiliyatidan butunlay mahrum qilishi mumkin — mutaxassis

SSV ogohlantirish bilan chiqdi.

Paqildoqlar bolalarni ko‘rish qobiliyatidan butunlay mahrum qilishi mumkin — mutaxassis

 

Inson tabiatan o‘ziga ham, yaqinlariga ham yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Ayniqsa, farzandlarini turli falokatlardan uzoq tutadi. Ammo Yangi yil arafasida avj olayotgan “paqildoq”lar mavsumida buning aksi kuzatilmoqda. Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromov pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari haqida maʼlumot berdi

 

— Har yili Yangi yil arafasida va bayramdan keyingi kunlarda “paqildoq” va salyutlardan olingan jarohatlar tufayli birgina bizning shifoxonamizga yuzga yaqin og‘ir ahvoldagi bemorlar murojaat qiladi.

Yuz, qo‘l sohalarida og‘ir kuyish, ko‘zlar shikastlanishi va ko‘rish faoliyati qisman yoki butunlay buzilishi kuzatiladigan bunday bolalar, afsuski, tegishli muolajalardan keyin ham qator asoratlardan aziyat chekmoqda. Hatto bemorlardan bir qismi lahzalik zavq uchun umrbod nogironlikka mahkum bo‘lyapti.

Ko‘zning pirotexnika vositalari taʼsirida kuyishi bir necha darajaga bo‘linadi:

I daraja(yengil kuyish)da ko‘z terisi va shilliq qavati qizarishi, shishishi, eroziyalangan yuzalar shox pardada paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu alomatlar ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

II daraja(o‘rtacha kuyish)da ko‘z shox pardasi va konyunktivasida pufakchalar hamda shox parda yuzasida xiralashish paydo bo‘ladi .

III daraja(og‘ir kuyish)da shox pardaning chuqur xiralashishi, qovoqlar nekrozi yuz beradi.

IV daraja(o‘ta og‘ir kuyish) barcha ko‘z to‘qimalarining chuqur nekrozi bilan kechadi.

 

"Shulardan kelib chiqib, ota-onalar va aziz farzandlarimizni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz", deyiladi xabarda.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"