Yangi yil kelishi bilan dollar kursi ko‘tariladi
Markaziy bank matbuot xizmati ma'lumot berdi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 21,35 so‘mga ko‘tarilib, 11 ming 246,81 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 21,35 so‘mga ko‘tarilib, 11 ming 246,81 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 11 ming 982,35 so‘mga baholanib, 20,50 so‘mga oshdi. Shuningdek, 1 rubl 154,07 so‘m etib belgilangan va 2,57 so‘mga pasaydi.
Ta'kidlash kerakki, ushbu almashuv kurslari 2023-yil 4-yanvar, chorshanba kunidan kuchga kiradi.







