Jamiyat

Namanganda Yangi yil bayramida “hunar ko‘rsatgan” haydovchilarga chora ko‘rildi

Holatga viloyat YHXB munosabat bildirdi.

Namanganda Yangi yil bayramida “hunar ko‘rsatgan” haydovchilarga chora ko‘rildi


Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatining Chust tumanida avtomashina haydovchilari archa atrofida xavfli harakatlar qilgani aks etgan video tarqaldi. Holatga viloyat IIB YHXB munosabat bildirdi.


Qayd etilishicha, ular tuman markazida fuqarolar va o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, avariya holatini keltirib chiqargan. 


Hozirda mazkur transport vositalari aniqlanib, tegishli tartibda chora ko‘rilgan. Avtomashinalar jarima maydoniga joylashtirilib, haydovchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

 

Namanganda Yangi yil bayramida “hunar ko‘rsatgan” haydovchilarga chora ko‘rildi | Zamon.uz