Farg‘onada avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan do‘konlar yonib ketdi
Holat bo‘yicha FVV ma’lumot berdi.

Bugun, 3-yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida avtomobillarning ehtiyot qismlari sotiladigan do‘konlar yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 12:26 da Dang‘ara tumanining Toshkent ko‘chasida joylashgan “Fayzli istiqlol servis”ga qarashli MCHJ hududidagi savdo do‘konlarida yuz bergan.
Hodisa oqibatida 4 ta konteynerning taxminan 40 kvadrat metr maydonda ichki qismi hamda do‘konda bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismlari yonib zararlangan.
Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 12:40 da yetib borib, yong‘inni to‘liq o‘chirishgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va jabrlanganlar yo‘q.








