Jahon

Qaysi davlatlar Xitoydan kelgan sayyohlarga cheklovlar qo‘yadi?

Xitoyda koronavirusga qarshi cheklovlar yengillashtirilgandan so‘ng, kasallanganlar soni ortgani sababli, bir qator davlatlar Xitoydan kelayotgan yo‘lovchilarga yangi talablar qo‘ydi

Qaysi davlatlar Xitoydan kelgan sayyohlarga cheklovlar qo‘yadi?

 

Xitoyda koronavirusga qarshi cheklovlar yengillashtirilgandan so‘ng, kasallanganlar soni ortgani sababli, bir qator davlatlar Xitoydan kelayotgan yo‘lovchilarga yangi talablar qo‘ydi, deb xabar berdi AFP.

 

Xitoydan kelgan sayohatchilarga Covid-19 test talablarini va boshqa qoidalarni kuchaytirgan mamlakatlar haqida qisqacha maʼlumot:

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari

5 yanvardan boshlab, AQSH Xitoydan kelgan barcha sayohatchilardan Covidga testidan o‘tishni talab qiladi, manfiy test natijasi faqat ikki kun davomida amal qiladi. Aks holda, oxirgi 90 kun ichida koronavirusdan tuzalganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma taqdim etishi kerak.

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish markazlariga ko‘ra, ushbu test PZR testini yoki antitanachaga testini o‘z ichiga oladi.

Gonkong va Makaodan kelganlar ham xuddi shunday talablarga bo‘ysunadi.

 

Yevropa Ittifoqi

5 yanvardan Fransiyaga Xitoydan kelgan barcha yo‘lovchilar jo‘nashdan kamida 48 soat oldin o‘tkazilgan PZR testi yoki tezkor antigen testining manfiy natijasini ko‘rsatishi kerak.

 

Italiya va Ispaniya ham COVID testini talab qilmoqda.

Yevropa davlatlari shu hafta yig‘ilish o‘tkazib, bu masalani muhokama qilmoqchi. Shu yildan beri Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Shvetsiya esa Yevropa Ittifoqiga kirishni cheklash masalasida butun Ittifoq uchun umumiy siyosat ko‘rib chiqilayotganini maʼlum qildi.

 

Avstraliya

Avstraliya, shuningdek, Xitoydan, jumladan Gonkong va Makaodan kelganlar uchun Covid -19 testining manfiy natijasini talab qiladi. Ular buni Pekindan koronavirus tarqalishi haqida aniq maʼlumot yo‘qligi bilan izohlashmoqda.

 

Kanada

Kanada Xitoydan kelgan barcha yo‘lovchilarni so‘nggi ikki kun ichida Covidga testdan o‘tkazishni talab qiladi.

 

Birlashgan Qirollik

5 yanvardan kuchga kiradigan qoidalarga ko‘ra, Xitoydan Buyuk Britaniyaga kelgan barcha yo‘lovchilar qo‘nishdan oldin testdan o‘tishi kerak.

Buyuk Britaniya hukumati, shuningdek, yangi shtammlarni aniqlash uchun baʼzi tashrif buyuruvchilarga qo‘shimcha testlar o‘tkazishini aytdi.

 

Isroil

Isroil Xitoydan kelgan chet elliklardan Covid testidan o‘tishni talab qiladi. Aeroportlarda ixtiyoriy ravishda tekshirilmoqchi bo‘lganlar uchun skrining markazi ochildi.

 

Yaponiya

Yaponiya Xitoydan kelganlar uchun yangi cheklovlarni joriy qilgan birinchi davlatlardan biri edi. Yaponiya davlatiga kirish uchun koronavirus testining manfiy natijasini ko‘rsatish kerak.

COVID tashxisi qo‘yilganlar yetti kun davomida maxsus muassasalarda karantinga olinadi. Bundan tashqari, Tokio Xitoy o‘rtasidagi reyslar sonini qisqartiradi.

 

Janubiy Koreya

Janubiy Koreya, shuningdek, Xitoydan kelganlarni sinchkovlik bilan tekshiradi, kirishdan oldin va kelishdan keyin manfiy Covid testini talab qiladi. Bu qoida Gonkong va Makaodan kelganlarga taalluqli emas.

 

Hindiston

Hindiston, shuningdek, Xitoydan va boshqa bir qancha Osiyo davlatlaridan kelgan sayohatchilardan mamlakatga kirishdan oldin 72 soat ichida manfiy Covid testini topshirishlarini talab qiladi.

 

Marokash

Afrikaning shimolida joylashgan Marokash davlati eng qattiq choralarni ko‘rdi. Ular Xitoydan kelgan yo‘lovchilarning mamlakatga kirishini taqiqladilar. Taqiq 3 yanvardan kuchga kiradi va keyingi ogohlantirishgacha amal qiladi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bu qadam «Marokashda yangi to‘lqin va uning oqibatlarini oldini olish maqsadida qilinmoqda».

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiya armiyasi yoki unga aloqador qurolli guruhlarda xizmat qilgan shaxslar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.