Yaponiya Tokiodan ko‘chib ketishga rozi oilalarga yirik moliyaviy yordam bermoqchi
Yaponiya aholisi soni kamayishi va qarishi, shuningdek, yoshlarning poytaxtga migratsiyasi boshqa hududlar iqtisodiyotiga katta zarba berdi. Ko‘plab shahar va qishloqlar bo‘shab qolgan.

Yaponiya hukumati Tokiodan boshqa hududga ko‘chishga rozi bo‘lgan oilalarning har bir farzandiga 1 million iyen (7600 dollar)dan to‘lamoqchi. Financial Times maʼlumotlariga ko‘ra, bu yosh oilalarni Tokiodan boshqa shaharlarda yashashini rag‘batlantiradi.
Bundan tashqari, bir martalik 3 million iyen (22800 dollar) miqdorida moliyaviy yordam berish rejalashtirilgan. Agar ular yangi yashash joyida o‘z biznesiga asos solsa, yordam miqdori oshirilishi ham mumkin.
2021 yilda bu dasturdan 2400 odam foydalangan. Bu 38 millionlik Tokio aholisining 0,006 foizini tashkil etadi.
Yaponiya aholisi soni kamayishi va qarishi, shuningdek, yoshlarning poytaxtga migratsiyasi boshqa hududlar iqtisodiyotiga katta zarba berdi. Ko‘plab shahar va qishloqlar bo‘shab qolgan. Ammo Tokioda uy-joy narxi rekord darajada oshgan.
1300 ga yaqin yapon munitsipalitetlari Tokiodan kelayotganlarni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Ular ko‘chib kelganlarga bepul bolalar bog‘chasi va ish o‘rni vaʼda qilmoqda.







