Ukraina o‘tgan yili rekord darajada moliyaviy yordam oldi
G‘arb mamlakatda davom etayotgan harbiy mojaro fonida Kiyevga yirik miqdorda moliyaviy ko‘mak ajratishda davom etmoqda.

2022 yilda Ukraina G‘arb davlatlaridan 32.1 milliard dollarlik moliyaviy yordam oldi. Mamlakat milliy banki maʼlumotlariga ko‘ra, AQSH va YеI eng ko‘p yordam taqdim etgan.
Bank hisobotida keltirilishcha:
- AQSH 12 milliard dollar;
- Yevroittifoq 8 milliard dollar;
- Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2.7 milliard dollar;
- Kanada 1.9 milliard dollar;
- Germaniya 1.6 milliard dollar moliyaviy ko‘mak bergan.
Shuningdek, o‘tgan yili Ukraina valyuta obligatsiyalarining ichki davlat qarzlariga yo‘naltirish evaziga 3.1 milliard dollar qo‘shimcha daromad ko‘rgan.
Shuningdek, 2022 yilda mamlakatning xalqaro zaxiralari 2021 yilga nisbatan 7.9 foizga kamaygan. Hozirda uning miqdori 28.5 milliard dollarni tashkil etmoqda.
.







