Xorazmlik ekologlar o‘rdak ovladimi?
Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Jamoliddin Sobirov, Tuproqqalʼa hamda Xazorasp tumanlari boshliqlari Navro‘z Allaberganov va Izzat Qo‘chqorovning o‘lik o‘rdaklarni ushlab turgan rasmi tarqaldi. Ularning biri ov qurolini ko‘tarib olgan. Mazkur holat bo‘yicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘rganish ishlari olib borilayotganini maʼlum qildi.
Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka binoan Xorazmda hozirgi kunda o‘rdak ovlash taʼqiqlangan.







