Dunyoning eng badbo‘y gulini ko‘rish uchun minglab odamlar yig‘ildi
Gul “iforidan bahra olish” uchun ularning 2 kuni bor.

Avstraliyaning Adelaida botanika bog‘ida sayyohlar oqimi kuchaydi. Bunga sayyoradagi eng badbo‘y gul ochilgani sababdir.
Gul xalq orasida “o‘lik guli”, fanda esa “titan amorfofallus” deb nom olgan.
Bog‘ga kirishda navbatda turgan minglab odamlarning atigi 2 kun vaqti bor. Ulgurmaganlar guldan “bahra olish” uchun yana kamida 3 yil kutishiga to‘g‘ri keladi.
Uning uzunligi 3 metrgacha, vazni 100 kilogrammgacha yetadi. Gul ekilganidan ochilgunicha 10 yil vaqt ketadi. Tabiatda bu gul yo‘q bo‘lib ketgan.







