Xitoy chegaralari ochilishi 2023 yilning asosiy voqeasi bo‘ladi—The Economist
Ammo bu energiya manbalari narxi yana-da oshishiga olib kelishi mumkin.

The Economist jurnali 3 yillik izolyatsiyadan so‘ng Xitoy chegaralari ochilgani 2023 yilning eng yirik iqtisodiy voqeasi bo‘lishi haqida yozmoqda. Chegaralar ochilishi jahondagi talabga taʼsir qilib, energiya manbalari narxi oshishiga olib kelishi aytilmoqda.
Tahlilchilar birinchi kvartalda Xitoy iqtisodiyoti qisqarishi mumkinligi, ammo tez orada keskin o‘sishini taxmin qilmoqda.
Natijada 2024 yil birinchi kvartalida YAIM 2023 yilning shu davriga nisbatan 10 foizdan ko‘proq o‘sishi mumkin. Shunday qilib, bu davrda Xitoy mustaqil ravishda dunyo iqtisodiyoti sezilarli o‘sishini taʼminlashi mumkin.
Shunga qaramay, bu ko‘plab davlatlarda inflyatsiya va protsent stavkalari, shuningdek, dunyoda energiya manbalari narxi o‘sishiga olib kelishi mumkin.








