Estoniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish rejasini ishlab chiqadi
Mamlakatda rossiyaliklarga tegishli 20 million yevrolik boylik muzlatib qo‘yilgan.

Estoniya yanvar oxirida Rossiya aktivlarini musodara qilish rejasini taqdim etmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Mixkel Tammning so‘zlariga ko‘ra, dekabrda tegishli vazirliklarga muzlatib qo‘yilgan mulklarni musodara qilish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berilgan. Qonunchilik bazasi shu oy oxirigacha yaratiladi.
O‘tgan oyda Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas YEI davlatlarini Rossiya aktivlaridan foydalanishni davom ettirishga chaqirgandi. Tallin musodara qilingan boyliklarni Ukraina berish niyatida.
Estoniyada rossiyaliklarga tegishli 20 million dollarlik mulklar muzlatib qo‘yilgan. Shuningdek, Yevroittifoqda RF Markaziy bankining 300 milliard yevrolik aktivlariga taqiq qo‘yilgan. Hozirda ularni musodara qilish ustida ish olib borilmoqda.







