Jahon

Isroil Ukrainaga harbiy yordam yetkazib bermaydi

Mamlakat Kiyev tufayli Rossiya bilan munosabatlarini buzmoqchi emas.

Isroil Ukrainaga harbiy yordam yetkazib bermaydi

 

Isroilning yangi hukumati Rossiya bilan munosabatlarni buzmaslik uchun Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartirmaydi va qurol-yarog‘larni Kiyevga topshirmaydi. Bu haqda «Politico» nashri xabar berdi.

 

Isroil Kiyevga oziq-ovqat, dori-darmon, suv va boshqa insonparvarlik yordamlarini yetkazib berdi, ammo harbiy texnika taklif qilmadi.

 

“Bu Vashingtonni g‘azablantirmoqda, ammo Moskvani qoniqtirmoqda”, — deb yozgan gazeta.

 

Isroil hukumati Ukrainaga faqat gumanitar va tibbiy yordam yetkazib berayotganini bildirdi. Kiyev mamlakatni havo mudofaasini yetkazib berishga chaqirdi, biroq Isroil mudofaa vaziri bunday qilmasligini taʼkidlagan.

 

2022-yil 30-dekabr kuni Isroil Bosh vaziri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Ukraina rahbari Isroilning havo hujumidan mudofaa taʼminoti bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishi haqida eshitish istagini bildirgan, biroq Bosh vazir hech narsa vaʼda qilmagan. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev avvalroq Isroilning Kiyev rejimiga qurol yetkazib berishi “mamlakatlar o‘rtasidagi barcha davlatlararo munosabatlarni yo‘qqa chiqarishi” haqida ogohlantirgandi.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"