Iqtisodiyot

Rossiya-Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri qanday?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari bu bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Rossiya-Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri qanday?

 

Rossiya-Ukraina qarama-qarshiligi oqibatlari O‘zbekiston iqtisodiyotiga asosan inflyasiya, tashqi savdo, uy xo‘jaliklarining birlamchi va ikkilamchi daromadlari, ko‘chmas mulk va foiz kanallari orqali ta’siri tahlil qilindi.

 

Mazkur tahlilda 2022-yilning 10 oyi uchun statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Bunda iqtisodiy diagnostika va iqtisodiy modellashtirishning DSGE usullari qo‘llanildi. Shoklar 2022 yil mart oyidan boshlab keyingi 18 oy uchun 3 xil ssenariyda (xom-ashyo narxi oshishi, pul o‘tkazmalarining kamayishi, mehnat bozori qisqarishi) simulyatsiya qilindi.

 

Tahlil natijalariga ko‘ra:

 

  • dunyoda inflyatsiyaga eng katta bosim asosan oziq-ovqat va energiya narxlarining keskin ko'tarilishi hisobiga sodir bo'layotgan bo'lsa, O'zbekistonda aksariyat energiya narxlari davlat nazoratida bo'lganligi sababli inflyatsiyaning tezlashishiga asosan oziq-ovqat va xizmatlar narxlarining o'sishi sabab bo'lmoqda.

  • 2022 yil fevral oyida yillik oziq-ovqat narxlari o’sishi 13.1 foizgacha sekinlashgan bo'lsa, oktyabr oyiga kelib 16.3 foizgacha ko'tarildi. Mazkur davrda mehmonxona va restoran xizmatlari narxlari yillik o'sishi 14.7 foizdan 23.3 foizgacha tezlashdi.

  • 2022 yil mart-oktyabr oylarida O'zbekistonning Rossiyaga eksporti hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan 47 foizga oshdi. Shunday bo'lsada, global bozorlarda tovar va xom-ashyo narxlarining sezilarli ko'tarilishi nominal eksport hajmining ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Misol uchun, mart-oktyabr oylarida Rossiyaga paxta ip-kalavasi eksporti 41 foizga ortgan. Lekin, ushbu davrda paxta tolasi narxlari o'zgarishini hisobga olinganda, real o'sish 8 foizni tashkil qiladi. Ta'kidlash kerakki, 2022 yilda so'mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursning barqarorlashuvi ma'lum darajada tashqi shoklarning salbiy ta'sirini yumshatdi.

  • Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning 9 oyi mobaynida O'zbekistonga rossiyalik 318 ming nafardan ortiq fuqaro kelgan. PMTI ekspertlari tomonidan 750 ta relokantlar rezyumesini o'rganish natijalariga ko'ra kelayotgan mutaxassislarning o'rtacha yoshi 32 yoshni tashkil etadi. Ish qidirayotganlarning 93 foizdan ortig‘i oliy ma’lumotli va o‘rtacha 8 yillik ish stajiga ega. O‘zbekistonga asosan muhandislar (barcha rezyumelarning 18 foizi), IT mutaxassislari (15 foiz), menejerlar, marketologlar, boshqaruv mutaxassislari va ma'muriy xodimlar (30%), o‘qituvchilar (7 foiz), shifokorlar va farmatsevtlar (6 foiz), shuningdek, moliyachilar (4 foiz) tashrif buyurmoqda.

  • pul o'tkazmalari tarkibida Rossiyaning ulushi oshib ketishi kuzatildi; 2022 yil mart oyida Rossiyadan pul o'tkazmalarining O'zbekistonga jami pul o'tkazmalaridagi ulushi 50 foizgacha tushib ketgan bo'lsa, may oyiga kelib ushbu ko'rsatkich 85 foizga yetdi (2021 yilda 70 foiz, 2020 yilda 72 foizni tashkil etgan edi);

  • noyabr oyida Toshkent shahrida 1 kv. metr uchun xonadon narxlari o'tgan yilga nisbatan o'rtacha 27 foizga oshgan, ya'ni ushbu ko'rsatkich 2021 yil noyabrda $849 bo'lgan bo'lsa, 2022 yil noyabrda $1078ga yetdi.  Uy-joy narxlarining jiddiy oshishi boshqa davlatlarda ham kuzatildi. Global House Price Index ma'lumotlariga ko'ra, yuqori inflyatsiya va ipoteka foiz stavkalarining ko'tarilishi aholining uy-joy sotib olish imkoniyatlarini cheklagan bo'lishiga qaramay, 2022 yil birinchi choragida dunyoning 56 mamlakatida uy-joy narxlari o'rtacha 10,2 foizga oshgan. Narxlarning o'sishi global o'zgarishlar natijasida pul oqimlarining ko'chmas mulk bozoriga yo'naltirilishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

  • Inflyatsiya darajasining tezlashishi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yashash xarajatlari oshishidan himoyalash uchun davlat xarajatlarining oshishiga sabab bo'ldi, masalan  2022 yilning 9 oyida ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to’lovlari 14.5 trillion so’mga yetib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 1.9 barobarga oshdi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Rossiya-Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri qanday? | Zamon.uz