2023 yilda global iqtisodiy o‘sish pasayadimi?
XVJ direktori bu bo‘yicha prognozlarni ochiqladi.

2023 yil og‘ir bo‘ladi, ammo iqtisodiyot butunlay sinmaydi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori Kristalina Georogiyeva maʼlum qildi.
Global iqtisodiyotda o‘ta murakkab davr davom etayotgan bo‘lsa-da, XVJ o‘sish ko‘rsatkichlarini pasaytirmoqchi emas. Hozirda 2023 yilda iqtisodiy o‘sish 2.7 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.
Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ham global miqyosda inflyatsiya ustidan g‘alaba qozonilmaydi. XVJ direktori dunyo inqirozlarga avvalgiga qaraganda ancha chidamli ekanini taʼkidlagan. U iqlim fojialari, kuchli kiberhujumlar va Rossiya-Ukraina urushidagi keskin eskalatsiyaga tayyor turishga chaqirgan.
Shu bilan birga neft narxining keskin oshib ketishi bo‘yicha xavotirlar o‘zini oqlamagani qayd etilgan.
“Mehnat bozorlari barqarorligi yaxshi yangilik hisoblanadi. Odamlarning ishi bor, narxlar balandligiga qaramay, ular pullarini sarflamoqda. Bu iqtisodiyotga yordam berdi”, – degan Georgiyeva.
2022 yil 11 oktyabrda Georgiyeva 2023 yilda dunyo iqtisodiyoti o‘sishini 2.9 foizdan 2.7 foizgacha pasaytirgandi.







