Iqtisodiyot

Britaniyada o‘tgan yili haydovchilarga kuniga o‘rtacha 915 ming dollarlik “shtraf” yozilgan

Sug‘urta kompaniyasi hisobotida bu haqda so‘z boradi.

Britaniyada o‘tgan yili haydovchilarga kuniga o‘rtacha 915 ming dollarlik “shtraf” yozilgan

 

Buyuk Britaniyada avtomashinalarni noto‘g‘ri joylashtirish oqibatida 2022 yilda haydovchilarga kuniga 750 ming funt sterling (915 ming dollar) jarima yozilgan. Bu haqda Churchill Motor Insurance sug‘urta kompaniyasi hisobotida so‘z boradi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida kuniga o‘rtacha 20 ming avtomobil jarimaga tortilgan. Bu 2021 yilga nisbatan 12 foizga ko‘p. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha London shimolidagi Islington munitsipal kengashi yetakchi bo‘lgan. Bu yerda ko‘niga mingga yaqin jarimalar yozilgan.

 

Umuman olganda, mahalliy kengashlar jarimalar ortidan bir yilda 777 ming funt-sterling daromad topgan. Qirollik avtomobil klubi direktori Stiv Guding haydovchilar o‘tgan yili o‘rtacha har ikki soniyada qoidani buzganini qayd etgan.

 

Londonda mashinalarni noto‘g‘ri joylashtirganlar 130 funt-sterling (160 dollar) jarimaga tortiladi. Poytaxt tashqarisida bu 70 funt (85 dollar)ni tashkil etadi. Odatda haydovchilar jarimani qoida buzgandan so‘ng, ikki hafta ichida to‘lasa, ularga 50 foiz chegirma beriladi.

 

 

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Britaniyada o‘tgan yili haydovchilarga kuniga o‘rtacha 915 ming dollarlik “shtraf” yozilgan | Zamon.uz