O‘zbekiston YIM 10 yildan keyin 160 milliard dollarga yetadi
Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov O‘zbekiston-Singapur forumida maʼlum qildi.

O‘tgan yili O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 foizga o‘sdi. Bu yil iqtisodiy o‘sish 5 foizdan oshishi kutilmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov O‘zbekiston-Singapur forumida maʼlum qildi.
“Yaqin 10 yilda O‘zbekiston YIM ikki barobarga oshadi va prognozlarga ko‘ra, 160 milliard dollarga yetadi. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham 80 foizni tashkil etadi. Biz o‘z oldimizga 2030 yilga borib mamlakatimizni dunyoning o‘rtacha daromadga ega davlatlaridan biriga aylantirishni aniq maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu maqsadlarga erishish uchun bizda xohish-iroda ham, imkoniyat ham yetarli”, — dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Singapurga tashrifi oldidan ushbu mamlakatda O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi.







