Jahon

Qozog‘istonga kirish qoidalari kuchaytirildi

Yangi tartib 27-yanvardan amal qiladi.

Qozog‘istonga kirish qoidalari kuchaytirildi

 

Qozog‘iston hukumati xorijliklarning respublikaga kirishi va qolishi qoidalarini o‘zgartirdi. 27-yanvardan amal qiladigan yangi tartibga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo mamlakatlar fuqarolari, jumladan, rossiyaliklar Qozog‘istonda 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qolishlari mumkin.

 

Muddati tugayotgan muhojirlar mamlakatni tark etib, yashash muddatini yangilab qaytishlari mumkin.

 

Agar ushbu muddat oshib ketgan bo‘lsa, mamlakatni tark etgan chet el fuqarosiga kirish taqiqlanadi. Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lganlarga yangi qoidalar taʼsir qilmaydi.

 

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi 2022 yil noyabrida «visaran» tartibidan voz kechishni taklif qilgandi. Migratsiya qoidalarini o‘zgartirish muhojirlarning mamlakatga kirib kelishi ustidan nazoratni taʼminlash, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga yordam beradi.

 

2022 yilda Qozog‘istonga 5,6 milliondan ortiq xorijlik kelgan. Ularning 2,9 millioni rossiyaliklardir. Taʼkidlanishicha, sentyabr oyining oxiridan beri Qozog‘istonga kelgan deyarli 150 ming Rossiya fuqarolari respublikada qolgan. Ulardan 36 ming nafari vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma oldi.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"