Nazarboyev omonmi?
Qozog‘iston birinchi prezidenti yurak operatsiyasini o‘tkazdi.

Avvalroq Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kasalxonaga yotqizilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Uning matbuot kotibi Aydos Ukibayning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchining yuragi operatsiya qilingan.
“Birinchi Prezident hayotiga xavf yo‘q. U hozir kuzatuv ostida. Operatsiya milliy kardioxirurgiya ilmiy markazida, taniqli kardiojarroh Yuriy Pya boshchiligida o‘tkazildi”, – degan u.
Nursulton Nazarboyev 1991-2019 yillarda Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan. 2019 yil u o‘z xohishi bilan lavozimini tark etgandi.







