O'zbekiston

O‘zbekiston Tojikistondan tok sotib olishni boshladi

Joriy yilning 18 yanvar kunidan boshlab Surxondaryoning 9 ta tumani Tojikiston orqali elektr energiya bilan taʼminlanmoqda.

O‘zbekiston Tojikistondan tok sotib olishni boshladi

 

Anomal sovuq davrida Surxondaryo viloyatida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida qo‘shni Tojikiston Respublikasidan qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

 

Jumladan, 2023 yil 18 yanvar kuni Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 70 foiz, Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlarining 90 foiz va Boysun tumanidagi elektr energiya isteʼmolchilari Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari qatori Tojikiston Respublikasining “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali kuchlanish bilan taʼminlandi.

 

Viloyatimizning Termiz, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 30 foizi, Muzrabot, Angor, Sherobod tumanlarining 10 foizi hamda Termiz shahrining elektr energiya isteʼmolchilari 196 MVt yuklama bilan O‘zbekiston Respublikasi orqali kuchlanish bilan taʼminlanmoqda.

 

Tojikiston Respublikasining “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining har biridagi simning yuklamani ko‘tarish qobiliyati 250 MVtga mo‘ljallangan bo‘lib, L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining birortasi favqulodda o‘chib qolish holatlari yuz bergan vaqtlarda energosistemani saqlab qolish maqsadida Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari bo‘yicha Janubiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlarining topshirig‘i va Surxondaryo hududiy dispetcherlik bo‘limi dispetcherining farmoyishi bilan tumanlarning o‘zidan tasdiqlangan cheklash grafigiga asosan 6-10 kVli fiderlardan soatiga 70-80 MVt dan cheklash olib borish taqozo etiladi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"