O'zbekiston

O'zbekistonda uyqu markazlari xizmat ko‘rsatadi

Prezident bu bo‘yicha tegishli qarorni imzoladi.

O'zbekistonda uyqu markazlari xizmat ko‘rsatadi

 

Prezident «Ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini 2023–2026-yillarda yana-da rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

 

Qaror bilan tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida hududiy ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga ajratilgan shtat birliklari va mablag‘lar doirasida «Uyqu apnoe» markazlari tashkil qilinadi.

 

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq, 2023-yildan boshlab har yili:

 

  • latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha;

  • latent tuberkulyoz infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha;

  • tuberkulyoz mikobakteriyasini bir vaqtning o‘zida 1- va 2-qator tuberkulyozga qarshi dori vositalariga rezistentlikni aniqlaydigan tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovi 120 ming nafargacha;

  • tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafargacha bemorlarni dori vositalari bilan taʼminlash, shu jumladan:

  • 1-qator (doriga sezuvchan tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) bo‘yicha – 15 ming nafargacha;

  • 2- va 3-qatorlar (doriga rezistent tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) bo‘yicha – 3 ming nafargacha yetkaziladi.

 

Shuningdek, 2023-yil 1-martga qadar tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan birlamchi tibbiyot muassasalariga biriktirilgan aholi orasidan tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi bo‘lgan xavf guruhiga mansub shaxslar ro‘yxati tuziladi,

 

tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan tuberkulyoz bilan kasallanish xavf guruhiga mansub:

 

  • shaxslar (o‘smirlar va kattalar) rentgenologik tekshiruvdan;

  • bolalar immunologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.