Iqtisodiyot

Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi

 

22-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.B. Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan IHT Bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan uchrashdi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi. Tashkilot doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, uning jahon miqyosidagi nufuzini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

 

H.Noziriy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «IHTda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yili» deb eʼlon qilingan 2022 yil mobaynida Tashkilotda O‘zbekistonning faol va mazmunli raisligini qayd etdi. O‘zbekiston Rahbarining IHT Ashxobod sammitida ilgari surgan tashabbuslari ijrosi tuzilma faoliyatiga kuchli turtki berishi va yangi «o‘sish nuqtasi» bo‘lishiga ishonch bildirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi raisligida o‘tkazilgan tadbirlar, jumladan, Hududiy rejalashtirish Kengashi majlisi, qishloq xo‘jaligi va turizm vazirliklari rahbarlarining uchrashuvlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha uchrashuvlar va boshqalar muhim ahamiyat kasb etgani taʼkidlandi.

 

Tomonlar «IHT istiqbollari 2025»da belgilangan maqsadlarga erishish uchun Tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlik salohiyatidan, ayniqsa, savdo, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika sohalarida yana-da samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikr bildirdi.

 

Yig‘ilishda, shuningdek, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi, shuningdek, O‘zbekiston raisligi doirasida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarning tashkiliy va mazmuniy jihatlari ham muhokama etildi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"