Jahon

Serdar Berdimuhamedov otasining maqomini oshirdi

Turkmanistonda Milliy yetakchining vakolatlari belgilandi: Sobiq prezident bir qator qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘ldi.

Serdar Berdimuhamedov otasining maqomini oshirdi

 

Turkmanistonning sobiq prezidenti, respublika parlamenti yuqori palatasi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan bir kun avval eʼlon qilingan milliy lider vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonun 21 yanvar kuni “Neytral Turkmaniston” gazetasida chop etildi. 

 

Hujjatdan kelib chiqadiki, umummilliy yetakchi davlat tuzilishi, ichki va tashqi siyosat va xavfsizlikning muhim masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari yuzasidan mamlakat xalqiga murojaat qilish doimiy huquqiga ega. Shuningdek, u Turkmaniston parlamenti majlislarida davlat va jamiyat hayotiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda, qonun hujjatlarini muhokama qilishda, siyosiy partiyalar majlislari va qurultoylarida so‘zlashi mumkin. Turkman xalqining milliy yetakchisi va uning oila aʼzolari daxlsizlik huquqiga ega. Bu uning mulkiga va oila aʼzolarining mulkiga ham tegishli.

 

Avvalroq parlament yuqori palatasi raisi Vakillar palatasini tugatib, qonun chiqaruvchi hukumatni bir palatali parlament qilib qayta tashkil etishni taklif qilgan edi. U o‘z taklifini 11 yanvar kuni parlament har ikki palatasining qo‘shma yig‘ilishida bildirgan. Shu bilan birga, u ikki yil avval hukumat tizimini modernizatsiya qilish doirasida parlament ikki palatadan iborat Turkmaniston Milliy gengeshga aylantirilganini eslatdi.

 

Shanba kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov konstitutsiyaga Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi bir palatali Xalq Kengashi (Xalq Maslahati) tuzish to‘g‘risida hamda respublikaning sobiq prezidentini milliy lider deb eʼlon qilish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"