Turizm ortidan qaysi shaharda boyib ketish mumkin?
Bu bo‘yicha shaharlar reytingi eʼlon qilindi.

Parij turizmning iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Butunjahon turizm va sayohat kengashi Fransiya poytaxtini dunyoning turizmdan eng daromadli shahri deb topdi.
Tadqiqotga ko‘ra, Parijning 2022 yilda turizm orqali iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi qariyb 36 milliard dollarni tashkil qilgan. Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Pekin (33 milliard dollar), uchinchi o‘rinni Orlando (31 milliard dollar) egalladi.
Qayd etilishicha, reytingni tuzishda tahlilchilar turizmning yalpi ichki mahsulotga qo‘shgan hissasi, sayohatchilar xarajatlari, shuningdek, ushbu sohada ish o‘rinlari yaratilishini hisobga olgan.







