O‘tgan yili iqtisodiyot qanchaga o‘sdi?
O‘sish 2021-yilga nisbatan pasaygani aytilmoqda.

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022-yilda 5,7 foizga o‘sgan, ammo o‘sish sur’ati 2021 yilga (7,4%) nisbatan pasaygan.
Umuman olganda, 2022-yilda ko‘plab tashqi va ichki qiyinchiliklarga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti barqarorlikni namoyon etdi. 2022-yil uchun prognoz qilingan o‘sish sur’atlariga amalda erishildi. Tabiiyki, shoklar va global kon’yunktura iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, bu esa iqtisodiyot tarmoqlarida o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga va inflyasiyaning tezlashishiga olib keldi.
2022-yil oxiriga kelib iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o‘sishi kuzatilmoqda:
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish — 19,4%;
Xizmat ko‘rsatish sohasi — 15,9%;
Tashqi savdo hajmi — 18,6%;
Eksport ko‘rsatkichlari — 15,9%.







