Iqtisodiyot

O‘zbekiston Turkmanistondan neft sotib oladi

Petronas Çarigali kompaniyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Turkmanistondan neft sotib oladi

 

“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati O‘zbekiston Respublikasida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Petronas Çarigali (Turkmaniston) kompaniyasi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Ushbu muzokaralar davomida tomonlar avval erishilgan kelishuvlar va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalani amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi. Kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining Petronas Çarigali kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi. Zavodga neft xom-ashyosi importi borasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Muzokaralar yakunida tomonlar 2023 yilda Turkmanistondan O‘zbekiston Respublikasiga neft yetkazib berish dasturini birgalikda tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

 

Maʼlumot uchun: Petronas Çarigali kompaniyasi Kaspiy dengizining Turkman shelfida neft va gaz qazib olish operatorlaridan biri hisoblanadi. Malayziyaning to‘liq integratsiyalashgan neft-gaz transmilliy kompaniyasi Petronasning shoʻba korxonasi bo‘lib, u ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyodagi yetakchi neft va gaz kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

 

 

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

O‘zbekiston Turkmanistondan neft sotib oladi | Zamon.uz