0

Xavotirlarga sabab bo‘lgan “yo‘l xaritasi”

O‘zbekiston va “Gazprom”ning yangi kelishuvi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Xavotirlarga sabab bo‘lgan “yo‘l xaritasi”

 

Kecha Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi rahbari Aleksey Miller gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Unda nima yozilgani hozircha nomaʼlum. Bu o‘zbekistonliklar orasida jiddiy xavotir va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

 

Zamon.uz bu borada bir qator jamoatchilik faollarining fikrlarini to‘pladi.

 

Ilyos Safarov, Kun.uz jurnalisti:

 

— Ruslar "uch tomonlama" gaz ittifoqi tuzilgani haqida yozmoqda. Jin ursin, uxladik,  shekilli.

Bilaman, Energetika vazirligi tez orada bu kabi maʼlumotlarni inkor qilib chiqadi. Bu ittifoq emas, shunchaki "yo‘l xaritasi", deydi. Lekin ko‘rinib turgan haqiqat shuki, ruslar va qozoqlar buni ittifoq deya atamoqda.

Energetika vazirligi endilikda xalq ishonchini qaytarish uchun har qanday maʼlumotiga imzolangan shartnoma shartlarini ochiq ilova sifatida qo‘shishi shart. Busiz hukumat xalq roziligisiz Rossiya bilan ittifoqqa kirdi deya tushunaveramiz.

...Hukumat Rossiya bilan imzolangan kelishuv hujjati bandlarini xalqqa ochiqlashi shart.

 

Rasul Kusherbayev, sobiq deputat:

— “Gazprom” bilan o‘zaro munosabatlarning barchasi ochiqlanishi shart! Xalq shunga qarab baho beradi: mamlakatni, suverenitetni sotishdimi yo‘qmi?

Ochiqlanmagan taqdirda bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqqa qilingan yashirin xoinlik, deb xulosa qilinishiga olib keladi.

 

Shuhrat Latipov, Gazeta.uz jurnalisti:

— ...Umid qilamanki, bu O‘zbekiston imzolagan ko‘plab memorandumlar singari qog‘ozdagi “yo‘l xaritasi” bo‘lib qoladi. Agar bunga qadar nomaqbul siyosiy qarorlar tufayli milliardlab zararlar ko‘rilgan bo‘lsa, endilikda “Gazprom” O‘zbekistonning gaz transporti tizimini boshqaruvga olsa, unda mamlakatning energetik mustaqilligini, umuman, davlat suvereniteti xavf ostida bo‘lishi mumkin.

Hokimiyat “tijorat siri” va boshqa bahonalarga havola qilmasdan, hujjat tafsilotlari haqida ochiq eʼlon qilishi kerak.

 

Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos:

— Rossiyadagi baʼzi telegram kanallar, OAVlari “Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokidagi uch tomonlama energetik ittifoq tuzildi” deb xabar berishmoqda. “Gazprom” boshlig‘i Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov bilan “yo‘l xaritasi” imzolangani, yuqoridagi ittifoqning yuzaga kelishiga asos bo‘ldi deyilmoqda.

Qiziq vaziyat... Nega O‘zbekiston davlat institutlari jamoatchilikka bu borada keng va tushunarli xabar bermadi? Bu “yo‘l xaritasi”dan maqsad nima, nimalar bu kelishuvda nazarda tutilgan? Va bu O‘zbekistonning manfaatlariga qanchalik mos keladi? Xuddi imi-jimida kelishilgan kelishuvga o‘xshayapti. Vaziyatni kuzatib, o‘rganib boramiz.

Lekin energetik mustaqilligimizga real tahdid bormi, degan o‘rinli savol paydo bo‘lmoqda. Rossiya, Ukrainaning, g‘arbiy Yevropadagi ko‘plab davlatlarning geosiyosiy mustaqilligini aynan energetik sektor orqali qaram qilishdan boshlagan edi.

 

Muhrim A'zamxo'jayev, bloger: 

— O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” bilan nimadir imzolagani maʼlum bo‘lganiga bir sutka bo‘lyapti, Xudo xohlasa, lekin vazirlik tomonidan ham, hokimiyat yo hukumat nomidan gapirish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa biror rasmiy idora/shaxs tomonidan ham imzolangan narsaning biror tafsiloti oshkor qilingani yo‘q.

Kechadan beri ixtiyorimizda qanday maʼlumot bor? Birinchisi, “Yuksalish” harakati yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodovning “yo‘l xaritasi tomonlarga hech qanday majburiyat yuklamaydi, huquqiy oqibat tug‘dirmaydi” degan go‘yoki tinchlantiruvchi gapi (muammo shundaki, hech qanday yo‘l xaritalarisiz ham katta-katta oqibatlar kelib chiqqanini ko‘p bora ko‘rdik so‘nggi yillarda).

 

2022 yil noyabr oyi oxirida Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga uch tomonlama gaz ittifoqini tuzishni taklif qilgani maʼlum bo‘lgandi. Rossiya tomoni bu taklif siyosiy shartlar evaziga gaz yetkazib berishni nazarda tutmasligini, gap tijoriy manfaatlarni muvofiqlashtirish haqida ketayotganini bildirdi.

 

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov dekabrda O‘zbekistonda sovuq havo boshlanishi bilan boshlangan energetika inqirozi fonida O‘zbekiston gazni «qandaydir ittifoq yoki ittifoq yo‘li bilan emas, balki qo‘shnilardan — tijorat shartnomasi asosida import qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani»ni aytgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"