Ko'ngilochar savdo markazlari odatiy ish tartibiga qaytdi
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yurtimizda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan aholi xonadonlariga elektr energiyasi va gaz taʼminotini uzluksiz yetkazish maqsadida shahardagi oziq-ovqat do'konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalari, ko'ngilochar savdo markazlari va istirohat bogʼlari vaqtincha qisqartirilgan ish rejimiga oʼtkazish tavsiya etilgan edi.
Bugungi kunda havo harorati yaxshilanayotganligi va holat barqarorlashayotganligi bois yuqoridagi barcha korxonalar doimdagidek ish rejimida faoliyat olib borishlari mumkin.
"Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so'raymiz",- deyiladi xabarda.







