Namanganda 30 mingdan ortiq broyler sovuqdan muzlab o‘lgani aytildi
Chortoq tuman hokimligi bu bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Chortoq tuman hokimligi bu bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
«FUJOZE TEKS» MCHJ rahbari, tadbirkor Jahongir Abduraimov hozirda horijda safarda bo‘lgani sababli uning akasi Furqatjon Abduraimov fikrini bildirdi. Mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishda ham bu xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Qolaversa, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, «FUJOZE TEKS» MCHJ dan murojaat bo‘lmagan. Sababi bu MCHJ mavsumiy tarzda faoliyat yuritadi va u go‘sht yo‘nalishiga ixtisoslashmagan.







