Sport

Keylor Navas rozi bo‘ldi

U “PSJ”dan “Nottingem Forest”ga o‘tadi.

Keylor Navas rozi bo‘ldi

 

 

Fransiyaning “PSJ” klubi darvozaboni Keylor Navas Angliyaning “Nottingem Forest” klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “LʼEquipe” nashri xabar bermoqda.

 

Manbaning xabariga ko‘ra, “PSJ” va “Nottingem” o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Parijliklar 36 yoshli darvozabon Angliya jamoasiga ijaraga o‘tsa, unga maosh to‘lamoqchi emas. Navasning transferi butunlay “PSJ” qaroriga bog‘liq.

 

Kosta-rikalik futbolchi 2019 yildan buyon “PSJ” safida to‘p suradi. Parij jamoasi tarkibida Navas Fransiyaning ikki karra chempioni bo‘ldi va yana beshta milliy sovrinni qo‘lga kiritdi. “PSJ” safida 108 ta o‘yinda darvozabon 87 ta gol o‘tkazib yubordi va 50 marta darvozasini daxlsiz qoldirdi. Janluiji Donnarummaning kelishi bilan Navas Parij klubining asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi.

 

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"