Ta'lim

Yakshanba mutolaasi: “Qo‘lqop” hikoyasi bilan sovqotayotgan fazilatlarni isitamiz

Zamon.uz Murod Tillayevning “Qo‘lqop” hikoyasini tavsiya etadi.

Yakshanba mutolaasi: “Qo‘lqop” hikoyasi bilan sovqotayotgan fazilatlarni isitamiz

 

Kishi biror bir badiiy asar mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lar ekan, u avvalo nigohni o‘zining olamiga qaratadi. Turli obraz-u ramzlar silsilasidan yaralgan asarlarning so‘ngida o‘quvchi qanday “sovg‘a” olishi haqida juda ko‘p o‘ylaydi. Ana shunday sara hikoyalar muallifi Murod Tillayevdir. Hikoyaning nomi —“Qo‘lqop”.

 

U, avvalo, o‘quvchi eʼtiborini ramzlar orqali tortish mumkinligini isbot qiladi. Hikoya odamiylik haqida. U insoniylikning eng go‘zal jihatlarini va kezi kelganda eng jirkanch illatlarni qahramonlar timsolida ochib beradi. Judayam chuqurlashishga hojat yo‘q. Hikoya jamiyatda yuz beradigan ayrim voqea-hodisalardan, ularning oqibatlaridan xabardor etadi. U insoniylikni yo‘qotib borayotgan atrofimizdagi ayrim odamlarni xatti-harakatlari orqali ko‘rsatib berishi bilan qimmatlidir.

 

Hikoya, asosan, uch epizod — yo‘lovchi kampir, yo‘lovchi yigit va konduktor ayol bilan bog‘liq voqealarni qalamga oladi. Syujetning dolzarbligi shundaki, voqealar bugun, Hoziroq ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotganga o‘xshaydi.  Chindan ham atrofimizda begonani o‘z bolasidek ko‘radigan, unga kerak bo‘lsa jonini beradigan insonlar bisyor, shu bilan birga, jamiyatni odamgarchilikdek eng yuksak fazilatning hatto bir zarrasini ham yuqtirmagan kimsalar egallab olgandek...

 

Hikoya kimgadir yordam berish uchun unga uy qurish yoki pul berish shart emasligini, eng mayda unsurlar ham  insonning mitti va ayni damda katta qalbiga baxt atalmish quvonchni hadya eta olishini uqtiradi.  Balki shuning uchun ham yozuvchi hikoya avvalida Jaloliddin Rumiydan bebaho misra keltirgandir. Muallif buyuklik aslida soddalikda ekanini, avtobus yoki shu kabi jamoat transportidan foydalanganda kimgadir joy berish ham asli imonning bir ko‘rinishi ekanligini bot-bot uqtiradi. Yana yozuvchi  inson ilmning, aql-u zakovatning cho‘qqisini egallagani bilan “inson” bo‘lmasa, uning hamma erishganlari bekor deb bong uradi. Xulosa esa ayni mana shu illat insonning tanazzuliga yetaklashi mumkinligidan ogoh etadi.

 

custom img

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"