Metan “zapravka”lar bosqichma-bosqich ishga tushmoqda
2-3 kunda barcha shoxobchalar odatdagi rejimga qaytadi.

Bugun, 30 yanvardan boshlab ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Metan “zapravka”lar hozircha ma’lum grafik asosida ishlab turadi, gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab (taxminan 2-3 kunda) O‘zbekistondagi barcha shoxobchalar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.








