O'zbekiston

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

Qayd etilishicha, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi “Harakatlar rejasi” bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmagan.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

 

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning xabar berishicha, O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Qayd etilishicha, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi “Harakatlar rejasi” bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmagan. Shu sababli 1 fevraldan boshlab Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Xabarda maʼlum qilinishicha, o‘tgan yilning 26-30 dekabr kunlari Termiz shahrida o‘tkazilgan muzokaralar davomida 2023 yilning 1 fevraliga qadar Afg‘oniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich Afg‘on temir yo‘llari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha kelishilgan edi.

 

Shuningdek, “So‘g‘diyona Trans” SHK va Afg‘on temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasida tomonlar bajaradigan ishlar ro‘yxati ham tasdiqlangan. Ikki tomon 27 yanvarga qadar yangi shartnoma imzolanishiga kelishib olgan hamda tegishli bayonnoma imzolangan.

 

Maʼlumot uchun, Afg‘onistondagi Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘li 2010 yilda qurilgan. 2011 yildan boshlab Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘lining barcha xizmatlari “So‘g‘diyona Trans” SHK tomonidan amalga oshirilmoqda.

custom img

Andijonda MIB orqali bola onasiga qaytarildi

Ijro harakatlari natijasida 3 yoshli qizaloq otasidan onasi qaramog‘iga olib berilgan.

custom img

Nukusda noqonuniy qurilgan telefon do‘koni buzdirildi

Sud qaroriga ko‘ra, qurilmani majburiy buzdirish va yer maydonini dastlabki holatga keltirish belgilangan.

custom img

Farg‘onada fuqaro 88 mln jarimasi sabab ikkita mashinasidan ayrildi

U mashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgandan so‘nggina jarimani to‘lashga majbur bo‘lgan.

custom img

Andijonda kredit qarzi sabab “Equinox” xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning bankdan 275 mln qarzi bo‘lgan.

custom img

“Odamlar haftalab sarson bo‘lmoqda”: Senator bankomatlar bilan bog‘liq muammoga to‘xtaldi

2025 yilda O‘zbekiston bo‘ylab bankomatlardan pul yechish jarayonida 290 ming holatda turli nosozliklar qayd etilgan.

custom img

Farg‘onada bir guruh ayollar norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Ular bozordagi joylari olib qo‘yilganidan norozi savdogarlar bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar soni 107 nafarga yetdi

Endilikda ular haydovchilik huquqidan sud tartibida mahrum etiladi. Qayta imtihon esa 50 ta savoldan iborat bo‘ladi.

custom img

Radarlarni o‘rnatish vakolati faqatgina Ichki ishlar vazirligida bo‘lishi kerak — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov radarlardan maqsad pul undirish emas, yo‘lda tartibni saqlash bo‘lishi kerakligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"