O‘zbekiston aholisi soni qayta hisoblandi: 2026-yilda 39 milliondan oshgan
Mamlakatning 2010–2026 yillardagi doimiy aholisi sonini qayta hisobladi.

Milliy statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida O‘zbekistonning 2010–2026-yillardagi doimiy aholisi soniga oid ma’lumotlarni qayta hisoblab chiqdi.
Qayta hisoblangan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2026-yil boshida mamlakatning doimiy aholisi 39 million 23,6 ming kishini tashkil etgan. 2010-yil boshida esa bu ko‘rsatkich 29 million 215,9 ming kishi bo‘lgan.
Yillar kesimidagi maʼlumotlar quyidagicha:
-
2026-yil — 39 023,6 ming kishi;
-
2025-yil — 38 321,6 ming kishi;
-
2024-yil — 37 559,1 ming kishi;
-
2023-yil — 36 766,7 ming kishi;
-
2022-yil — 35 981,5 ming kishi;
-
2021-yil — 35 258,4 ming kishi;
-
2020-yil — 34 585,0 ming kishi;
-
2019-yil — 33 928,4 ming kishi;
-
2018-yil — 33 327,4 ming kishi;
-
2017-yil — 32 788,1 ming kishi;
-
2016-yil — 32 228,0 ming kishi;
-
2015-yil — 31 654,6 ming kishi;
-
2014-yil — 31 110,7 ming kishi;
-
2013-yil — 30 596,6 ming kishi;
-
2012-yil — 30 139,5 ming kishi;
-
2011-yil — 29 689,1 ming kishi;
-
2010-yil — 29 215,9 ming kishi.
Maʼlumotlar har bir yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra keltirilgan.








