Jahon

Bolgariya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Mamlakatda muddatidan oldin saylovlar bo‘ladi.

Bolgariya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

 

Bolgariya prezidenti Rumen Radev 2-fevral kuni Milliy assambleyani tarqatib yubordi. U muddatidan oldin parlament saylovlarini 2-aprelga belgiladi.

 

Bolgariya rahbari, shuningdek, saylovlar oldidan muvaqqat hukumatni tayinladi. Endi 55 yoshli mustaqil siyosatchi G‘alaba Donev keyingi parlament yangi aʼzolarini saylamaguncha Bolgariya hukumatini vaqtincha boshqaradi.

 

Maʼlumot uchun: Bolgariya Sotsialistik partiyasi hukumatni shakllantira olmagani sababli Bolgariyada ikki yil ichida beshinchi marta parlament saylovlari o‘tkaziladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"