Jamiyat

Andijonda 5 yoshli qizaloq shifoxonada vafot etgani aytildi

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda 5 yoshli qizaloq shifoxonada vafot etgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lganlar qonun olidida javob berishi kerakligi” xususida xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan 2022-yil 30-dekabr kuni Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlariga nisbatan JKning 116-moddasi 3-qismi bilan “Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik” jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Dastlabki tergov harakatlari Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Andijonda 5 yoshli qizaloq shifoxonada vafot etgani aytildi | Zamon.uz