Yevrokomissiya Ukrainani tiklashga 1 milliard yevro ajratdi
Birinchi galda maktab va shifoxonalar qayta tiklanadi.

Yevrokomissiya Ukrainadagi maktablar va shifoxonalarning tez tiklanishini taʼminlash uchun 1 milliard yevro ajratmoqda va jarayonni muvofiqlashtirish uchun maxsus kotibiyat tuzilgan. Bu haqda YеK prezidenti Ursula fon der Lyayen Ukraina – Yevropa Ittifoqi sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
"Bu yanada keng qamrovli tiklanish jarayonining bir qismi. Men buni taʼminlash uchun birinchi milliard ajratilishini eʼlon qilishga tayyorman. Bizda allaqachon maxsus kotibiyat ishlamoqda va bu jarayonlarni muvofiqlashtirishni boshladi", — degan Yevrokomissiya rahbari.







