Iqtisodiyot

WSJ:  Xitoy Rossiyaga sotish taqiqlangan texnologiyalarni yetkazib bermoqda

RF qator davlatlar orqali o‘z harbiy sanoati uchun zarur mahsulotlarni sotib olishda davom etyapti.

WSJ:  Xitoy Rossiyaga sotish taqiqlangan texnologiyalarni yetkazib bermoqda

 

Xitoy xalqaro sanksiya va cheklovlar fonida Rossiyaga urushni davom ettirish uchun zarur texnologiyalarni yetkazib bermoqda. Bu haqda RF bojxona xizmati maʼlumotlariga asoslanib, The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

 

Bojxona hujjatlari C4ADS nashriga berilgan. Bu tashkilot AQSH milliy xavfsizligiga tahdidlarni aniqlashga ixtisoslashgan. Jurnalistlar 84 ming yetkazib berishni o‘rganib chiqdi. Ularning barchasi G‘arbning RFga qarshi iqtisodiy bosimi boshlangandan so‘ng amalga oshirilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Xitoyning davlat mudofaa korxonalari Moskvaga navigatsiya qurilmalari, radiosignallarni yo‘q qilish texnologiyalari va qiruvchi samolyotlar uchun detallar sotgan. Mahsulotlarni G‘arb sanksiyalari ostidagi Rossiya mudofaa sanoati kompaniyalari qabul qilgan.

 

Gap ikki maqsadli  tovarlar haqida ketmoqda. Xususan, Xitoyning Poly Technologies kompaniyasi “Rosoboroneksport” korporatsiyasiga Mi-17 harbiy-transport vertolyotlari uchun navigatsiya qurilmalarini yetkazib bergan.

 

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 5-6 fevral kunlari Pekin bilan ushbu masalada gaplashishi kerak edi. Ammo Amerika osmonida Xitoyga tegishli havo shari aniqlangach, ushbu tashrif nomaʼlum muddatga qoldirildi. Vashington aerostat razvedka maqsadlarida ishlatilganini aytmoqda.

 

Turkiya va BAA ham Rossiyaga texnologiyalar yetkazib bermoqda

 

Rossiya aksariyat harbiy ehtiyojlarini o‘zi qondira oladi. Ammo ikki maqsadli texnologiyalar importiga qaramligi bor. Bu ayniqsa, yarimo‘tkazgichlarda seziladi.

 

Bojxona hujjatlarida AQSH bosimi ostidagi 10 ga yaqin Xitoy va RF kompaniyalari aniqlandi. Shuningdek, Turkiya va BAA orqali ham ko‘plab sanksiyalar ostidagi tovarlar kirib kelmoqda. O‘z navbatida Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi matbuot kotibi Lyu Penyuy WSJ xabarini inkor qildi va u hech qanday faktga asoslanmaganini taʼkidladi.

 

Rossiya vakillari esa hozircha bunga izoh bermagan.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"