Jahon

Isroilda sodir bo‘lgan qurolli hujumda bir kishi halok bo‘ldi

Voqeadan so‘ng mahalliy aholiga uyda qolish tavsiya etildi, ayrim maktablarda esa o‘quvchilar bir necha soat davomida binolarda saqlab turildi.

Isroilda sodir bo‘lgan qurolli hujumda bir kishi halok bo‘ldi

Markaziy Isroilda yakshanba kuni sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil fuqaroligiga ega bo‘lgan falastinlik erkak bir nechta aholi punktlarida o‘t ochgan. Keyinchalik hujumchi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

 

Hujum Kokhav Yair shaharchasi yaqinidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida boshlangan. Shundan so‘ng yaqin atrofdagi boshqa hududlar hamda G‘arbiy Sohildagi Salit posyolkasi yaqinida ham otishmalar qayd etilgan.

 

Dastlab huquq-tartibot organlari bir nechta muvofiqlashtirilgan hujumlar sodir etilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Biroq keyinchalik voqeaga bitta qurolli hujumchi va unga yordam bergan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir shaxs aloqadorligi aniqlangan. Ikkinchi gumonlanuvchi keyinchalik qo‘lga olingan.

 

Isroil armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs 55 yoshli zaxiradagi harbiy bo‘lgan. Magen David Adom qutqaruv xizmati yana besh kishi jarohat olganini, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda ekanini bildirdi.

 

Voqeadan so‘ng xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Mahalliy aholiga uyda qolish tavsiya etildi, ayrim maktablarda esa o‘quvchilar bir necha soat davomida binolarda saqlab turildi.

 

Hujum G‘arbiy Sohilda keskinlik kuchaygan bir paytda sodir bo‘ldi. So‘nggi oylarda hududda zo‘ravonlik holatlari va harbiy amaliyotlar davom etmoqda.

 

Shu kuni G‘azo sektorida ham qurbonlar qayd etildi. 

 

Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, Xon Yunis shahridagi politsiya punktiga berilgan aviazarba oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan va o‘n kishi jarohatlangan. Keyinroq G‘azo shahrining g‘arbiy qismida avtomobilga berilgan zarba natijasida yana kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.

 

Isroil armiyasi mazkur zarbalar yuzasidan darhol izoh bermadi.

 

Ayni paytda Isroil va HAMAS o‘rtasida AQSh vositachiligida erishilgan sulh amal qilayotgan bo‘lsa-da, tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar va xavfsizlik bilan bog‘liq hodisalar davom etmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.