Jahon

AQSHda mahkumlar qatl etilishi mumkin

Donald Tramp tegishli qarorni qabul qilsa, bu AQSH harbiy tizimi tomonidan 1961-yildan buyon amalga oshiriladigan ilk qatl bo‘ladi.

AQSHda mahkumlar qatl etilishi mumkin

AQSH armiyasi “Qat’iy adolat” (Operation Resolute Justice) deb nomlangan maxsus reja doirasida harbiy sudlar tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilingan mahkumlarni qatl etish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

ABC News ma’lumotlariga ko‘ra, reja mahkumlarni Kanzas shtatidagi Fort-Levenvort harbiy qamoqxonasidan Indiana shtatining Terre-Hot shahridagi federal qatl muassasasiga ko‘chirishni nazarda tutadi. Hujjatda AQSh Prezidenti tomonidan o‘lim jazolari tasdiqlanganidan so‘ng ularni ijro etish uchun zarur tashkiliy choralar ko‘rish belgilangan.

 

AQSH qonunchiligiga muvofiq, harbiy sudlar o‘lim jazosini tayinlashi mumkin, biroq hukm faqat prezidentning alohida tasdig‘idan keyin ijro etiladi.

 

Nashrning yozishicha, agar Donald Tramp tegishli qarorni qabul qilsa, bu AQSH harbiy tizimi tomonidan 1961-yildan buyon amalga oshiriladigan ilk qatl bo‘ladi. Mamlakat tarixidagi so‘nggi harbiy qatl aynan o‘sha yili amalga oshirilgan.

 

Joriy yil aprel oyida AQSH Adliya vazirligi federal darajadagi o‘lim jazosini qo‘llash amaliyotini tiklashga qaratilgan bir qator choralarni e’lon qilgan edi. Ular orasida o‘limga olib keluvchi inyeksiya protokolini qayta joriy etish va ayrim hollarda otib tashlash usulidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish ham bor.

 

Shuningdek, bu qarorlar sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati davrida amalda bo‘lgan federal qatl bo‘yicha moratoriy bekor qilinganidan keyin qabul qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 2024-yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida AQSH fuqarolarini o‘ldirgan muhojirlarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash tashabbusini ilgari surgan edi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"