Rossiya neftiga qo‘yilgan cheklov oqibatida 8 milliard yevro kam pul ishladi
Moskvaning “qora oltin”dan olgan daromadi 30 foizga kamaydi.

Rossiya neftiga narx chegarasining joriy etilishi munosabati bilan yanvar oyida Kremlning neft va gazdan tushgan daromadlari uchdan biriga qisqardi, dedi Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol.
Maʼlumotlarga ko‘ra, yanvar oyida RF neft va gaz sotishdan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 milliard yevroga kam daromad olgan. Yaʼni daromadning pasayishi 30 foizni tashkil etdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, Yevropaning Rossiya neftining importini taqiqlashi va G‘arb davlatlari tomonidan o‘rnatilgan narx chegarasi Moskvaga kuniga 160 million yevroga tushadi.
Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga dengiz orqali yetkazib beriladigan embargosi 5 dekabrdan kuchga kirdi. Shu bilan birga, Yevropa, G7 davlatlari va Avstraliya Rossiya neft yetkazib berishning bir barreliga 60 dollardan yuqori chegarani belgiladi.
Bundan tashqari, YeI 5 fevral kuni Rossiyadan keladigan neft mahsulotlariga ikkita narx chegarasi belgilashga qaror qildi. Xom neftga chegirma bilan sotiladigan neft mahsulotlari bir barrel uchun 45 dollardan yuqori narxga ega bo‘ladi.
Xom neftga ustama bilan sotiladigan qayta ishlangan neft mahsulotlari uchun barrel uchun 100 dollarlik ikkinchi chegara narxi o‘rnatiladi.
Bunga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin narx chegarasini joriy qilgan “do‘stona bo‘lmagan” davlatlarga neft yetkazib berishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.







