Yosh o‘zbek kurashchilari zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi
Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlum qildi.

Turkiyaning kuchli zilzila epimarkazi bo‘lgan Qaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
“Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yo‘l olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi”, deyiladi xabarda.







