0

Gaz hammaga yetadi: Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish jadallashtiriladi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston va Qozog‘iston Energetika vazirlari hamda “Gazprom” boshqaruv raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Gaz hammaga yetadi: Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish jadallashtiriladi

 

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston va Qozog‘iston Energetika vazirlari hamda “Gazprom” boshqaruv raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi A.Miller hamda Qozog‘iston Energetika vaziri B.Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda yil yanvar oyida imzolangan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

 

Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagandi.

 

Energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, gaz quvurga kirgandan keyin hamma isteʼmolchilarga — aholiga ham, barcha ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham tarqatiladi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"