“Ku-ku-ku”: Odamzod qalbida nima gaplar?

Zamon.uz “Yakshanba mutolaasi”da Tog‘ay Murodning salmoqli hikoyalaridan birini tavsiya etadi.

“Ku-ku-ku”: Odamzod qalbida nima gaplar?

 

O‘quvchi o‘qiyman, desa kitoblar ko‘p... Biroq ularning hammasi ham o‘qishga arzigulik emas, ularning barchasidan ham odam o‘z dardiga obraz yoki voqelik orqali malham topolmaydi, ularning barchasida ham siz qidirgan yechim bo‘lmaydi. Biroq mana shunday mushtaraklikni asarlariga jo qila olgan, o‘zbek adabiyotida o‘zining ovoziga ega bo‘lgan atoqli yozuvchi borki, u ham bo‘lsa, Tog‘ay Muroddir. Yozuvchi el orasida “Otamdan qolgan dalalar”, “Ot kishnagan oqshom”, “Yulduzlar mangu yonadi”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” kabi roman va qissalari bilan ayniqsa mashhur. Uning hikoyalarida ham bir roman o‘ziga sig‘dira oladigan syujet, tosh bosadigan muhokamali mavzular qalamga olinadi. Balki, shuning o‘zi ham vaqtida eʼtirof etilmagan, qadr topmagan yozuvchi asarlari va shaxsiyatiga berilgan maqtov yorlig‘idir.

 

Masalan, “Ku-ku-ku” hikoyasini olaylik. Hikoya boshdan oyoq teran psixologizm asosiga qurilgan bo‘lib, ularda odamning ichki ruhiyati doimo ko‘zga tashlanib turadi. Yozuvchi o‘z qahramonlarining xarakterlarini ana shu psixologik muhit orqali ochib beradi. Shunday qilib oddiygina hikoyalardan badiiy kashfiyot yaratadi.

 

“Ku-ku-ku” qahramoni shunday tasvirlanadiki, u orqali o‘quvchi yon-atrofida yurgan odamlarni yaqqol ko‘rgandek, ular bilan gaplashgandek bo‘ladi. Hikoya asli shoirtabiat, avval yaxshigina qalam tebratib, hozir umuman boshqa sohada direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlaydigan odam va uning ichki olami haqida. Hikoyaning boshlanishiyoq o‘quvchida ilk savolni uyg‘otadi:  “Nega? Nega u bu kasbda ishlayapti va bundan rozimi?”

 

Mana shunday tahlillar oqimi bilan yozuvchi bosh qahramonining tabiatga, xususan, qushlarga oshufta qalbini ochib boradi, u shaharda yashasa ham, qishlog‘ini sog‘inadi, jism shu yerda bo‘lsa ham, ruh o‘sha pokiza tomonlarga tortaveradi...

 

Hikoya nomi “Ku-ku-ku”. Nega bunday nomlanganini uni o‘qiy boshlagan o‘quvchi tezda anglab oladi.

 

Har bir hikoyada biror-bir ziddiyat, hayotiy lavha yoxud voqea jo‘ngina tasvirlanadi. Shu tasvir davomida yozuvchi ijtimoiy-axloqiy va estetik muammolarga ahamiyat qaratadi, hayotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga ahamiyat beradi, munosabat bildiradi. Ikkinchidan, inson va unga eʼtibor, tabiat va inson munosabatlari, go‘zallik tuyg‘usiga oshuftalik, mehr-muruvvat masalalari pok va samimiy tuyg‘ular bilan qalamga olinadi. Ayni hikoyada ham shunday.

 

Tog‘ay Murod asar yaratar ekan, qahramonlarining o‘z dunyosini psixologik dialekti bilan birga beradi. Masalan, direktor va hikoya qahramonining bir-biriga bo‘lgan munosabatlari yaqqol ochib beriladi. Hikoyada mehr-muruvvat va shafqatsizlik to‘qnashadi. Direktor dam olishga ketganida o‘rinbosar bosh rahbar vazifasini bajaradi. U ko‘pgina xayrli ishlarni amalga oshiradi. Biz aytayotgan qahramon ochiqko‘ngil, insonparvar, tabiat bilan hamnafas yashaydigan inson.

 

Yozuvchi asarda direktor va o‘rinbosar muloqotini shunday tasvirlagan:

 

—Ja, yangilik ko‘p-ku. Bizning aqlimiz yetmaydi-da shularga. Buni qarang-a!

Kutilmaganda direktor ko‘zlarining oqi ko‘payib, qorachiqlari qayoqqadir yo‘qolganday bo‘ldi.

—Bu madaniyat bog‘i! Bu yerda parrandalar emas, xalq hordiq chiqarishi kerak, tavba, hamma daraxtlarga uya qo‘ndirib chiqibdi-ya. Hammayoq musicha tezagi. Nima, bu zooparkmi?

—O‘rtoq direktor, qushlar ham xalq.

—Siz rahbar yo kaptarboz oktyabryatmi? Marhamat yozing ariza. Aqli kirib qolar, bolaligini tashlar deb shuncha sabr qildim...

 

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yozuvchi bu hikoyasida ortiqcha tasvir voqealariga berilmaydi. Direktorning kim va qanday qilib bu lavozimga erishdi, bu haqida hech qanday gap yo‘q, lekin asarni o‘qib bu xususda aniq xulosaga kelish mumkin.

 

Hikoyada qahramonlar kayfiyati yaqqol seziladi.  Yozuvchi asarlarining sodda, ixcham va mazmundor bo‘lishini taʼminlaydi. Uning asarlarining tematikasi ham yangidir. Demak, u yaratgan asarlar badiiyligi va yangi g‘oya, yangi bir muammolarni ko‘tarishi bilan qimmatlidir. Hikoyada tasvirlagan voqealar, xarakterlar qismati bir-biriga mantiqan juda ham mos tushadi.

 

Asardan keltirilgan parchadan ko‘rinib turibdiki, muallif bu yerda direktor xarakterini alohida urg‘u berib ifoda qilgan. Yaʼni u faqat rahbarlikni biladi, amaldorlikni biladi, ishlash, yangilik yaratish, boshqalarni o‘ylashni emas. Haqiqiy fidoyi insonparvar kishi esa o‘rinbosar bo‘lib o‘tiribdi. Mana shu o‘y-xayollar yozuvchining asosiy g‘oyasidir. Bu bilan muallif,  demak, jamiyatga fidoyi, mehnatsevar chin maʼnodagi yetuk inson kerak emas ekan-da, degan savol bilan murojaat qilayotgandek va bu savol qancha vaqt o‘tmasin, qanday davr almashmasin, o‘z qiymatini yo‘qotmagandek tuyulaveradi ... Shuningdek, hikoya ijtimoiy hayotning og‘riqli nuqtasini ko‘rsatib qo‘ygani bilan ham salmoqlidir.

 

Xulosa qilib aytganda, yozuvchi hikoya orqali ijtimoiy-axloqiy muammolarni o‘rtaga tashlaydi hamda u taʼlim-tarbiyadagi bo‘shliqning katta ijtimoiy fojialariga sabab bo‘lishi mumkinligidan kitobxonni ogoh etadi.

 

custom img

“Sababini tushuntirmadi, hujjat ko‘rsatmadi”: Sirdaryodagi IIB xodimlari jazolandi

Fuqaroni o‘z uyidan sababsiz olib ketishga uringan IIBning ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Yangi loyihalar va ustuvor vazifalar: Saida Mirziyoyeva jamoasi bilan tahliliy muhokama o‘tkazdi

Yakunda aniq vazifalar belgilanib, davlat rahbariga taqdim etiladigan takliflar shakllantirilishi belgilandi.

custom img

Hamshiradan oilaviy shifokorgacha: tibbiyot xodimlariga har oylik ustama to‘lanadi

Ustama miqdori mutaxassisning taʼlim darajasiga qarab 1, 2 yoki 4 baravarni tashkil etadi.

custom img

Yosh tadqiqotchining fojiali taqdiri: 4-qavatdan tushib, 10 kundan so‘ng vafot etdi

Toshkentda maktab-internati o‘quvchisi yotoqxonaning yuqori qavatidan tushib ketib vafot etdi.

custom img

Tungi “operatsiya” omadsiz tugadi: Sirdaryoda 17 yoshli yigit ushlandi

Bolta bilan bankomatni buzishga uringan o‘smir tashvish signali tufayli qo‘lga tushdi.

custom img

Hujjatsizlik va moliyaviy qiyinchilik: Novosibirskda 6 nafar o‘zbekistonlikka ko‘mak berildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakillari Novosibirskdagi korxonalarda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"