Jamiyat

Qibrayda "bespredel" boshlandimi? (video 18+)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabar yuzasidan Toshkent viloyati IIB rasmiy izoh berdi.

Qibrayda "bespredel" boshlandimi? (video 18+)

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabar yuzasidan Toshkent viloyati IIB rasmiy izoh berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni bir nechta nomaʼlum shaxslar tomonidan 1998 yilda tug‘ilgan Sh.A. va 2003 yilda tug‘ilgan J.X.larni urib tan jarohati yetkazganlik holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video bo‘yicha aniqlik kiritish maqsadida tezkor surishtiruv olib borilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga asosan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyatni fosh etish borasida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni 2000 yilda tug‘ilgan M.A. hamda X.Z.lar sodir etganliklari aniqlanib, Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida navbatdagi bezorilik jinoyatini amalga oshirish maqsadida voqea joyiga kelgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan jinoiy guruh aʼzolari hamda ularni boshqa jinoiy holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv tadbirlari hamda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.

Qibrayda "bespredel" boshlandimi? (video 18+) | Zamon.uz